Shahar hokimining aholini ish hamda daromad bilan taʼminlash yuzasidan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Shirin shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida shahar hokimi Niyoz Xazratkulovning fuqarolar qabuli hamda bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Unda asosan doimiy ish hamda daromad bilan taʼminlash masalalarida 25 nafar fuqarolar murojaat yoʻllashdi. Ushbu murojaatlarning 10 tasi joyida ijobiy hal etilib, 2 fuqaroga subsidiya asosida asbob-uskuna olib berish orqali bandligini taʼminlash, 3 nafari kasb o‘quviga yuborilishi hamda 2 nafarni yoshlar daftariga kiritilishi belgilab olingan boʻlsa, 8 nafar fuqarolar murojaatlari boʻyicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.

By admin