Sayxunobod tumani «Shodlik» mahallasi xududidagi dehqon bozorida «Kichik biznes uchun asbob-uskunalar yarmarkasi» bo’lib o’tdi.

Yarmarkada tuman hokimligi, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo’limi, tuman savdo sanoat palatasi, Agrobank, Xalqbank, Asaka bank, hamda Mikro kiridit bank mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tumandagi 19 ta mahalladan 1000 ga yaqin tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar ishtirok etdi. Fuqarolar tomonidan o’zlarini qiziqtirgan kichik biznes uchun ishlab chiqarilgan asbob-uskunalarning turli xili bilan tanishish, yangi biznes aloqalar o‘rnatish va hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘lishdi.

«Kichik biznes uchun asbob-uskunalar yarmarkasi»

By admin