Bugungi kunda har bir qarich yerdan halol mehnat qilib yil sayin daromadi oshib borayotgan sirdaryoliklarning safi kengaymoqda. Xususan, tomorqadan unumli foydalanib, yuqori daromad olib kelayotgan Zarshunos mahallasida istiqomat qiluvchi Bahtiyor Rahmonberdiyev tomorqasidan 4 sotix issiqxona tashkil etib ,har qarich yerdan samarali foydalanib kelmoqda.

—Issiqxonadan yiliga 3 marta hosil olamiz. Dastlab pomidor ekamiz, keyin bodring so’ngra ko’kat yetishtiramiz va yiliga 30-35 million so’m daromad qilamiz, — deydi Bahtiyor Rahmonberdiyev

Albatta, tomorqadan unumli foydalanish oila daromadini oshirishga xizmat qiladi. Zero, tomorqa rizq-ro‘z, arzonchilikni ta‘minlashning samarali yo‘lidir.

By admin