Kasb-hunar o‘rganib, mehnat faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi Guliston “Ishga marhamat” monomarkaziga taklif etamiz. Siz monomarkazda santexnik, elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, alyuminiy va plastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, payvandlash ishlari ustasi, oshpaz, qandolatchi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona va axborot texnologiyalar boʻyicha mutaxassisi kabi hamda ingliz, yaapon, nemis, koreys, rus tillarini o‘rgatishga mo‘ljallangan – jami 28 ta yo‘nalishlarda kasb-hunar o‘rganishingiz mumkin.

E’tiborli jihati, yo‘llanma asosida kelgan talabgorlar mutlaqo bepul bilim o‘rganishadi va uzoqdan keluvchilar uchun yotoqxona mavjud.

Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy.

Telefon: +99867 236-44-22

By admin