Hurmatli, Pardaboyev Obidjon Avalovich!

Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi Sizni 8-aprel – shukrona kuningiz bilan samimiy muborakbod etadi. Siz hozirgi kunda Sardoba tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida o‘zingizni samimiy, bilimli, intizomli, o‘z kasbiga fidoyi va rahbarlik salohiyatiga ega kadr sifatida namoyon qilmoqdasiz.

Sizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, ishlaringizga rivoj, oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik hamda fayz-baraka tilaymiz, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

By admin