O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 5-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hududiy va tasarrufiy tashkilot yoshlariga xorijiy (rus, ingliz) tillarga o‘qitish bo‘yicha dars jadvaliga binoan xorijiy tillarga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, bosh boshqarma sport targ‘ibotchisi va yoshlar yetakchisi hamkorligida ishlab chiqilgan 2024-yil davomida sog‘lom turmush tarzi va sport turlarini yosh xodimlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida sport o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha reja-grafikka muvofiq joriy yil 23-aprel kunidan tuman (shahar) va tasarrufiy tashkilotlardagi yoshlar o‘rtasida “Shahmat-shashka” o‘yinlari musobaqasiga start berildi.

By admin