Prezidentimizning mehnat migratsiyasi jarayonlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlarni yaratish, xorijdan qaytib kelganlarni reintegratsiya qilish, bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida qabul qilingan PF-59-son Farmoni bu sohada tub burilish yasashi kutilmoqda.
Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan «Xorijga ish mahalladan» tamoyilini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan tadbirda respublika ishchi guruhi farmon mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib o‘tishdi.