28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni. Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi tomonidan mehnat jamoalarida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, viloyat Markaziy banki va Guliston Davlat universitetida xavfsizlik madaniyatini yaratish va targ‘ib qilish, ish joylarida xavfsizlik talablarini kuchaytirish, baxtsiz xodisalar sodir bo‘lish holatlarini kamaytirish xamda ushbu muammolarni oldini olish maqsadida o‘quv-seminarlari va targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.

Shuningdek, «Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ta’siri» shiori ostida o‘quv seminari hamda «Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan Respublika ko‘rik-tanlovi» ning viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

By admin