Oilaviy tadbirkorlik va aholining biznes tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024 yilning 1 aprelidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) kreditlar quyidagicha ajratiladi:

☑️33 million so‘mgacha — tomorqani rivojlantirishning bir necha yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanish uchun.

☑️50 million so‘mgacha (garovsiz) — yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga.

☑️100 million so‘mgacha (garovsiz) — 10 sotixli issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladi.

By admin