Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, joriy yil 26-aprel kuni yoshlarda korrupsiyaga qarshi immunitet hosil qilish, illatga qarshi kurashish bo‘yicha seminar hamda sportning turli yo‘nalishlarida musobaqalar tashkillashtirildi.

Shuningdek, IV-Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” doirasida bir guruh yoshlar Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markaziga o‘zlari o‘qigan va yoqtirgan kitoblarini sovg‘a qilishdi.

Bu kabi foydali va qiziqarli tadbirlar boshqarma yoshlarlar yetakchisi tomonidan muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

By admin