Abdumalikov Bobur Botir o‘g‘li — Yangiyer shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

B.Abdumalikov 1991 yili Xovos tumanida tug‘ilgan. 2018 yili Guliston davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida shahar hokimligi investisiyalar va tashqi savdo bo‘limida mutaxassis hamda bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida samarali mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar Yangiyer shahar «Yuksalish» mahallasi hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

By admin