Boyovut tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Dilfuza Uralova, tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika ishchi guruhi vakillari, sektor rahbarlari, tegishli mutasaddi tashkilot mutasaddilari hamda mahalla mas’ullari ishtirokida seminar o’tkazildi.

Seminarda migratsiyada yurgan fuqarolarni xonadonma-xonadon xatlovdan o‘tkazish, ularning muammo va takliflarini o‘rgangan holda amaliy ko’mak berish choralari bo‘yicha ma’lumot berib o’tildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mas’ullarga xatlov jarayonlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

By admin