Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari tomonidan tizim tashkilotlari va quyi tizimdagi idoralar xodimlarini yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish hamda ularning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda.

Jumladan, joriy yil 13 maydagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tanishtirish jarayonida Soliq kodeksi hamda “Turizm to’g’risida”gi Qonuniga kiritilgan o’zgartirishlar haqida so‘z bordi.

By admin