Shirin shahar Yoshlar markazida ishsiz hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Unda shahardagi 11 ta korxona va tashkilot hamda yirik ish beruvchilari o‘zlarining 300 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

Yarmarkada 60 nafardan ortiq ishsiz hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar qatnashib, ulardan 17 nafariga tashkilot va korxonalar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun hamda 12 nafar xotin-qizlarga tikuvchilik yo‘nalishida kasbga qayta tayyorlov kurslarida o‘qish uchun yo‘llanmalar berildi.

By admin