Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan biri –“Tianjin Sianjin Power Supply Technology” bilan hamkorlikda «Energetika texnoparki» tashkil qilindi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida joylashgan ushbu texnopark mobil telefonlar, mobil hisoblash qurilmalari va mobil uskunalarda qo‘llaniladigan litiy-ion batareyalar (Li-ion) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 12,5 milliard dollarlik xorijiy investisiya hisobidan zarur uskunalar olib kelingan.

Bu yerda ishlab chiqariladigan qurilma va batareyalar nafaqat ichki bozor, balki MDH davlatlariga ham eksport qilinadi.

Ayni paytda institut filialining 10 nafar bitiruvchisi mazkur texnoparkda ish faoliyatini boshlagan.

By admin