Guliston tumani hokimi O‘lmasjon Mamadaminov Xitoy Xalq Respublikasi Xenan provinsiyasi Kimyo sanoat universiteti professori Sang Dje Chang bilan tumanda oziq- ovqat mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

Yuzma-yuz o’zaro tomonlarning samimiy suhbati yakuniga ko’ra, tumanda umumiy loyiha qiymati 2 million dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Qayd etilishicha, Xitoylik professorlarning ilmiy yondashuvi natijasida yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari loyihasidan 120 nafardan ziyod ish o’rinlari yaratilishi va yetishtirilgan mahsulotlar chet davlatlariga eksport qilinishi ko’zda tutilgan.

By admin