Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi jamoasi, hududiy bo‘limlar xodimlar ishtirokida ma’naviy-marifiy soat o‘tkazildi.

Unda Guliston Davlat universiteti katta o‘qituvchisi Muzaffar Botirov “Xuquqiy ong – yuksak ma’naviyat belgisi” mavzusi bo‘yicha tushuncha berdi.

Shuningdek, burch va majburiyat, korrupsiya hamda unga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, huquqiy ong – qisqacha qilib aytganda huquq va qonunchilikka oid odamlarning tasavvurlari, ularning his-tuyg‘ulari, amaliy tajribalar ta’sirida paydo bo‘lgan huquqqa nisbatan munosabatini ifodalaydi.

Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.

By admin