Sayxunobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan hududda aholining daromadini yanada oshirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Nurli yo‘l” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganish va bildirilgan takliflarga ko‘ra Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Salima Nur Kelajagi” MChJda kasanachilik yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirkorga qariyb 198 million so‘mlik asbob-uskuna olib berilib, 20 nafar xotin-qizning bandligini ta’minlashga erishildi.

By admin