O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi hunarmandchillik va kasanachillikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorga ham, kasanachi sifatida mehnat qilayotgan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar belgilangan.

Xovos tumanida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ko‘magi bilan 7 ta tadbirkorlik sub’ekti tikuvchilik, gilamchilik yo‘nalishida kasanachilik faoliyatini boshladi.

Talabgorlarga jamg‘arma hisobidan jami 246 million 160 ming so‘m mablag‘ ajratilib, 40 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlandi.

By admin