Sardoba tumanida aholi bandligini ta’minlash, daromadini oshirish va boshqa qator muhim masalalar yuzasidan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliev, Respublika ishchi guruhi a’zolari, tuman sektor rahbarlari va faollar ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda aholi murojaatlari bilan ishlash, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy va kommunal sohadagi mavjud masalalarni tizimli va manzilli hal etish yuzasidan hudud mas’ullari oldiga bir qator muhim vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, viloyat hokimi tumanning «Qo‘rg‘ontepa» mahallasida bo‘lib, aholining turmush sharoiti, «mahalla yettiligi» tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholi vakillari bilan suhbat qilindi.

By admin