Joriy yil 5 iyunida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-210-son qarori qabul qilindi.

Ularga ko‘ra, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to’qnashuvi, manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish bo’yicha maxsus bo’linma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi.

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida tuman, shahar bo‘limlari mas’ullariga qonun va qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Ishtirokchilarga manfaatlar to’qnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari, deklaratsiya to‘ldirish tartibi va belgilangan talablarga to‘liq amal qilish yuzasidan ma’lumot berildi.

By admin