Shirin shahar «Yoshlar markazi»da shahardagi hamda Boyovut tumanining Shiringa yaqin hududlaridagi ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida «Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi» o‘tkazildi.

Yarmarkada 100 dan ziyod ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga 20 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 700 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Shuningdek, viloyat tijorat banklari o‘zlarining turli xil yo‘nalishlardagi imtiyozli kredit paketlardan foydalanish bo‘yicha tushuncha berildi.

Natijada 45 nafar fuqarolar doimiy ishga, 20 nafar xotin-qiz kasbga qayta tayyorlov kurslariga, 15 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘naltirildi. Banklar tomonidan “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 20 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratish uchun arizalar qabul qilindi.

Tadbirda “Ayollar daftari”da turuvchi 3 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuv mashinkai, sovutgich va elektropech topshirildi. Kasanachilikni yo‘lga qo‘yib, 10 nafar fuqaroni kasanachi sifatida ishga qabul qilish istagini bildirgan talabgorga 100.0 mln so‘m miqdoridagi sertifikat berildi.

Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 18 nafardan ortiq fuqaroga huquqiy maslahat berildi.

By admin