Guliston harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati kambag‘alliki qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan Guliston «Ishga marhamat» monomarkazida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirda Guliston shahri, Mirzaobod va Guliston tumatlaridan 2024-yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, hozirda ishsiz bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Ularga 250 ga yaqin korxona, tashkilotlardagi 550 dan ziyod ish o‘rinlari taklif qilindi hamda monomarkaz faoliyati tanishtirildi.

Yuzdan ortiqish ish izlovchi qatnashgan yarmarkada 54 nafar fuqaroga ishga joylashishga, yana 5 nafariga kasb-hunarga o‘rganish uchun yo‘llanma berildi. Shuningdek, 40 nafar talabgorga huquqiy maslahat berildi.

By admin