Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi xodimlari va tinglovchilariga kiberjinoyat turlari va uning salbiy oqibatlari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda bank plastik kartalaridan to‘g‘ri foydalanish, ayniqsa, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan soxta, yolg‘on xabarlarga aldanib qolmaslik yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mavzuga oid qo‘llanmalar tarqatilib, markaz hududiga ogohlik chaqiriqlari ilindi.
«Kibermadaniyatni yuksaltirish» oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tuman, shahar bo‘limlari, tasarrufiy tashkilotlar hamda aholi o‘rtasida davom etmoqda.