Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, korxona, tashkilotlarning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanib, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
Bosh boshqarma boshlig‘i Sh.Yakubov Mirzaobod tumanida faoliyat yuritayotgan “Orchid Beauty Textile” hamda Guliston tumanida joylashgan “Mili Guliston textile” MChJda bo‘lib, korxona rahbariyati bilan uchrashdi va ishchilar sonini yanada ko‘paytirish masalasini muhokama qildi.
Birgina “Orchid Beauty Textile” korxonasida bugungi kunda 150 dan ziyod fuqaro ishlamoqda. Xodimlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, yana 60 nafar ishchi olish imkoniyati mavjudligi aniqlandi. Mazkur ish o‘rinlarga “Ishga marhamat” monomarkazi va o‘quv markazlarini tamomlab, kasb-hunarni o‘rgangan xotin-qizlarni joylashtirishga kelishib olindi. Shuningdek, “Mili Guliston textile” MChJ 60 ga yaqin xodim qabul qiladi.