Ishga joylashtirishga muhtoj aholiga ko‘maklashish, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni ko‘paytirish, mehnat resurslarini aniqlash va fuqarolarga kasb-hunar o‘rgatish bandlik masalasida muhim omillardan hisoblanadi. Masalaning naqadar muhimligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-son qarorida mehnat resurslari, bandlik va ishsizlik darajasini har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash belgilangan.
Qarorga muvofiq, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Respublikaning barcha hududlarida mehnat bozori, aholi bandligi, ishsizlik darajasi hamda migratsiya masalalarida sotsiologik o‘rganish o‘tkazilayapti.
Zero, ushbu tadqiqot aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash, ayniqsa mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi mehnatga layoqatli yoshlar, aholi bandligini ta’minlash dasturiga takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.