Guliston tumanida kasb-hunar texnikum maktablarini bitirgan ishsiz yoshlar va fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan 120 nafarga yaqin yoshlar va chet davlatlarida bo‘lib hozirda yurtimizga qaytgan fuqarolarga hududdagi 8 ta korxona va tashkilot 214 ta bo‘sh ish o‘rinlarini tardim etdi. Shuningdek, viloyat tijorat banklari mas’ullari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish xohishi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kredit paketlari va undan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuncha berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning 17 nafariga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lsa, 19 nafar fuqaro imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik qilish orqali o‘zini-o‘zi band qilish istagini bildirdi. Yana 18 nafar talabgorga xorijda qonuniy ishlashbo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berdi. Bundan tashqari, 63 nafar fuqaro kasb-hunar o‘rganish va mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahat oldi.