Ayni paytda Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida “Sartaroshlik” yo‘nalishi tinglovchilari uchun O‘zbekiston sartaroshlar va kosmetologlar assotsiatsiyasi tomonidan seminar-trening o‘tkazilmoqda.

Unda monomarkaz o‘quvchilari va soha bo‘yicha viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassislarga assotsiatsiya raisi Farhod Shamuratov boshchiligida bir qator mas’ul xodimlar hamda xalqaro toifadagi stilist, sartaroshlar mahorat darslari o‘tib berishayapti.

Sohaga qiziquvchilarni mahorat darslarida ishtirok etishga taklif qilamiz. Eslatib o‘tamiz, seminar-trening yakunida “Sartaroshlar chempionati”ning viloyat bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy

📞 Telefon: +99867 236-44-22, 99-477-22-77

By admin