Ijtimoiy tarmoqlarda “SIRDARYONING YURAGI BAQUVVAT VALLOMATI” sarlavhasi bilan maqola yoritildi.
Maqola yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Unga ko‘ra:
Boyovut tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi (Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi)ga 2018-2020 yillar davomida Jamoat ishlari jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi bo‘yicha 21.05.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Sirdaryo viloyatidagi Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan tekshirish o‘tkazilgan. Tekshirish natijasida aniqlangan xato, kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli chora ko‘rilib, kamomat to‘liq qoplangan.
Biroq, maqolada keltirilgan «Shoxnur Xusan hamkor» fermer xo‘jaligi talabi bilan jamoat ishlariga ishchi biriktirish masalasida qonunbuzilishi aniqlanmagan. Shuningdek, markazning sobiq direktori Sh.Jo‘rayev va xodimlariga nisbatan bildirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.