Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sirdaryo viloyati filialida Belarusning ”БЕЛАВТОМАЗ” tashkiloti vakillari tomonidan fuqarolar uchun tanlovlar o‘tkazildi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tuman, shaharlardagi talabgorlar hududiy Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlaridan onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Suhbat davomida korxona mas’ullari tomonidan nomzodlarga kompaniyadagi ish sharoitlar va oylik maoshlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Eslatib oʻtamiz, nomzodlar chet tilini bilish darajasi va kasbiy malakasiga ko‘ra tanlab olinadi.