Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Sartaroshlar chempionati” viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Bu galgi tanlov “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida ochiq chempionat tarzida tashkillashtirilib, unda nafaqat respublikamiz viloyatlaridan, balki qo‘shni davlatlardan ham talabgorlar ishtirok etdi.
Hakamlar qaroriga ko‘ra, erkaklar sartaroshi yo‘nalishida birinchi o‘rin tojikistonlik Muxitdin Xudoyberdiyevga nasib qildi. Ikkinchi o‘ringa Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili Begzod Shamunov loyiq topildi. Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi bitiruvchisi Xurshidbek Nabiyev uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida Hadicha Ubaydullayeva birinchi, Nozima Yo‘ldasheva ikkinchi va Madina Norboyeva uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.