Tadbirkorlar bilan mahallabay ishlash bo‘yicha “G‘ijduvon tajribasi” asosida tashkil etilgan ushbu korxonada mahalladagi «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar qabul qilingan.

Umumiy qiymati 1 milliard so‘mga teng bo‘lgan loyiha tashabbuskori «SILVER TEXTILE» MCHJ tomonidan korxonaga 64 ta tikuv mashinasi, 4 ta dazmollovchi, hamda qadoqlash va bezak bosuvchi dastgoh o‘rnatilgan.‌‌ Shuningdek, ishchilarning samarali mehnat qilishi uchun oshxona, kiyinish va yuvinish, tibbiyot xonalari tashkil etilgan.

Hozirda mahsulotlarni asosan ichki bozorlarga, kelgusida muayyan qismini eksportga yo‘naltirish ham rejalashtirilgan.

Ochilish tadbirida sektor rahbarlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirok etib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

By admin