Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
O‘ziga xos tarzda o‘tkazilgan yarmarkada ish izlovchilar, xorijda ishlashni xohlovchilar, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lganlar hamda mehnat qonunchiligi yuzasidan murojaati bor fuqarolarga alohida yo‘laklar tashkil etilib, ishtirokchilar saloxiyatli ish beruvchilarning bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi. Sohalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuncha va maslahatlar berildi. Shuningdek, tadbirda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari keng qamrab olinib, ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Yarmarka davomida 83 nafar fuqaroni ishga qabul qilish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 17 nafar fuqaro o‘ziga ma’qul bo‘lgan ish joylariga joylashtirildi. Kasb-hunar o‘rganish xohishida bo‘lgan 394 nafar talabgorga o‘qishlari uchun yo‘llanma berildi. Bundan tashqari, 250 nafarga yaqin murojaatchi xorijda ishlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun banklardan imtiyozli kredit olish tartibi va mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahat oldilar.
Bunday rejali va samarali tadbirlar viloyatning barcha tuman, shaharlarida o‘tkazilishi belgilangan.