Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan joylarda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” ostida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bu kabi tadbirlar Sirdaryo viloyatidagi yirik ish beruvchi korxona, tashkilotlarda ham tashkillashtirilib, mehnat ahliga bayramona shukuh ulashilmoqda. Jumladan, Mirzaobod tumanidagi “Navro‘z Total” MChJda “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tdi.
Festivalda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari korxona ishchilarga xush kayfiyat baxsh etish maqsadida ular bilan hamsuhbat bo‘lishdi. Ayniqsa, elimiz suygan san’atkor-u shoirlar, madaniyat xodimlari ishtirokidagi chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar barchaning dilini xushnud etdi.