«Umida Kamoliddin Nigina» MCHJ Ma’rifat mahallasida tashkil etilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 200 million so‘mga teng. Yaratilgan 70 ta yangi ish o‘rinlariga mahalladagi ishsiz fuqarolar, «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar qabul qilingan.

Korxonaga 64 ta tikuv mashinasi, hamda dazmollovchi, rang bosuvchi, qadoqlovchi dastgoh keltirib o‘rnatilgan. Asosiysi, xodimlar uchun qulay mehnat sharoiti yaratilgan.

Kelgusida korxonada o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda hudud yoshlarini kasb-hunarga o‘rgatish rejalashtirilgan.

By admin