Mustaqilligimizning 33 yillik ayyomi arafasidagi bu yilgi umumxalq hashari «Mahalla obod – yurt obod» shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Umumxalq hasharda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi jamoasi hamda tuman, shahar bo‘limlari, tasarrufiy tashkilotlar vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Tadbir davomida hududlar obodonlashtirilayapti, daraxtlar oqlanib, parvarishlanmoqda. Tevarak-atrof tartibga keltirilmoqda.
Bunday tadbirlar tuman, shahar bo‘limlari va tasarrufiy tashkilotlarda ham uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.
Hashar azaldan milliy qadriyat va udumlarimizning ajralmas qismi sanalgan. Ayni paytda bu an’ana hamjihatlik, birdamlik, mehr va saxovat ramzi sanalgan.