O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan «Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 ta loyiha» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun respublikamizning barcha mahallalaridan 28 ming 356 ta loyiha kelib tushgan. Respublika komissiyasi tomonidan ushbu loyihalar o‘rganib chiqilib, 33 ta loyiha va grantlar g‘olib deb topildi.

Tanlovda gulistonliklar ham ikki yo’nalishda g’oliblikni qo’lga kiritishdi. Jumladan:

▪️Nihol mahallasi — «Mahallada hunarmandchilikni rivojlantirish» yo’nalishida g’olib deb topildi va mazkur loyiha uchun 40 mln so’m pul mukofotini qo’lga kiritdi;

▪️Shodlik mahallasi — «Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo’llab-quvvatlash» yo’nalishida g’olib deb topildi va mazkur loyiha uchun 40 mln so’m pul mukofotini qo’lga kiritdi.

By admin