“Sayxunobod”, “G‘ijduvon”, “Uychi”, “Zarbdor” tajribalari respublika miqyosida o‘z samarasini bermoqda.
Sirdaryo tumani Ilg‘or mahallasida “Uychi tajribasi” asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Namanganliklarning ilg‘or tajribalarini mahallada tadbiq etish maqsadida xatlov o‘tkazilib, natijada tadbirkorlar va biznes bilan shug‘ullanishni xohlovchi aholi bilan manzilli ishlash olib borilayapti. Hududda ko‘plab yangi loyihalar ish boshladi.
O‘tkazilgan xatlovda temirchilik sohasining turli yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish istagi bor fuqarolar ro‘yxati shakllargan edi. Bugun bir guruh talabgor fuqarolar Namangan viloyatining Uychi tumaniga jo‘nab ketdilar.
Ishonamizki, tez orada Sirdaryoda ham bu yo‘nalish keng rivojlanib, aholi bandligini ta’minlash, ularni daromadli qilishga munosib hissa qo‘shadi.