Barchamizga maʼlumki, joriy yilning 23-iyul kuni mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kompaniyasiga start berildi.

Siyosiy jarayonda aholining kam xarakatlanuvchi guruxlarini to`sqinliksiz xarakatlanishlari uchun, “Oʻzbekiston Respublikasida Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahriri)  10-moddasiga asosan “Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini nogironlar ehtiyojlarini va aholining kam xarakatlanuvchi guruxlarini xisobga olgan holda loyihalash” SHNQ 2.07.02-07 talablariga muvofiq binolaringiz kirish joyiga   15 (o`n besh) kun muddatda nogironlar yoʻlagi (pandus)lar qilish choralarini koʻrishingizni hamda mavjud panduslarni tegishli talabga moslashtirishingizni soʻraymiz. (Pandusning namunaviy loyiha chizmasi ilova qilinadi).

Aks holda nogironlar yo`lakchasi (pandus) yaratmaganligi yoki nogironlar yo`lakchasi (pandus) SHNQ 2.07.02-07 talablariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekistan Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 51-prim 1-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining  10-baravaridan 15-baravarigacha, bir yil davomida qonun buzilishi holatlari bartaraf etilmagan taqdirda 15-baravaridan 30-baravarigacha miqdorda maʼmuriy jarimalar qoʻllanilishi boʻyicha tegishli Sudlarga daʼvo arizalari kiritilishi haqida rasman ogoxlantirilasiz.

Sirdaryo viloyati Bandlik

bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish