Sayxunobod tumani Banlikka ko‘maklashish markazi hamda Sayxunobod tumani IIB Probatsiya guruhi xodimlari bilan hamkorlikda hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolar va Sayxunobod tumani IIB Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan shaxslar, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqasiz shaxslarni moddiy taʼminlashga majbur bo‘lganlarni bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Foto: Sayxunobod tumani IIB

“Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” Sayhunobod tumani 8-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada Sayxunobod tumani IIB Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan shaxslar N.N, A.U, Z.A, A.Yu, O.Slar va boshqalar qatnashdi. Yuqorida ko‘rsatilgan fuqarolar tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlari bilan tanishtirildi. Nazorat ostidagi shasx A.U, Z.A, A.Yu, N.Nlar haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishlashi tartib qoidalari tushuntirilib ularga huquqiy maslahatlar berildi. Qolgan fuqarolar hozirgi kunda norasmiy ish bilan bandligini bildirib markaz tomonidan taklif etilgan ishlarni rad etdi.

Foto: Sayxunobod tumani IIB

Yarmarka natijalariga ko‘ra, jami 4 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan taʼminlash bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.

Sayxunobod tumani IIB Probatsiya guruhi

By admin

Fikr bildirish