Bugun, 18-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi «Ishga marhamat» monomarkazida Navro’z — umumxalq bayrami munosabati bilan «Har kuning Navro’z bo’lsin» mavzusida madaniy tadbir o’tkazildi. Tadbirda bir guruh soha xodimlariga esdalik sovg’alari, tashakkurnoma va faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi. Mukofotlanganlar safida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari Nurullo Mamatqulovning samarali mehnat faoliyati vazirlik rahbariyati tomonidan munosib e’tirof etildi.

Milliylik ruhida tashkil etilgan mazkur bayram tadbiri, madaniy ma’rifiy tadbirlarga ulanib ketdi: teatr ijodkorlarining chiqishlari, maqomchilarning kuy qo’shiqlari ishtirokchilarga bahoriy kayfiyat baxshida etdi.

Navro’zda ulashing ezgu tilaklar,
Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z.
Bahor gullaridek yashnab yuraklar,
Xush kelding bahor, xush ko’rdik Navro’z!

Foto: Vazirlik axborot xizmati

Bu yilgi bayram avvalgilariga nisbatan o‘zida milliylikni mujassam etganligi bilan o‘zgacha tus oldi. Boisi videokonferens aloqa orqali ishtirok etgan Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati va xodimlari o‘zbek milliy bosh kiyimi do‘ppi, xotin-qizlar atlas va adras kiygan holda ishtirok etishdi. Barchaga birdek yarashgan bosh kiyimi tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat, ruhiyat bag‘ishladi. Zero, O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov aytganidek:

Qayga bormay, boshda do‘ppim,
Gʻoz yurarman gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim…

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Boshqarmada ko’tarinki kayfiyatda o’tkazilgan bayram tadbiri davomida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Murod Muxammadiyev barcha xodimlarni yasharish va yangilanish bayrami Navro’z ayyomi bilan muborakbod etdi. Soha rivojiga munosib xissa qo’shgan xodimlar bayram sovg’alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish