Shu tarovatli kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlamoqda.

Mana shunday fayzli, shodiyona ayyomda barcha shahar va tumanlarda, qishloq va mahallalarda sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olam bayram tantanlari o‘tkazilmoqda. Muhtaram yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan «Inson qadri» degan ezgu g‘oya amaliy ishlar bilan o‘z tasdig‘ini topmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va o‘zgarishlar ayni shu ulug‘ maqsadga — har kunimiz Navro‘z bo‘lishiga, ya’ni, el-yurtimiz hayotining obod va farovon bo‘lishiga qaratilganini yaxshi bilamiz.

Shu bois, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi jamoasi bu yilgi Navro‘z saylini viloyatimizning olis hududi bo‘lgan Xovos tumanidagi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarufidagi Xovos kasb hunarga o‘qitish markazida mahalladagi yoshi ulug‘ otaxonlar-onaxonlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, ehtiyojmand oilalarni taklif qilgan holda bayram tadbirini o‘tkazishdi.

Xalq saylida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murod Muxammedov, Xovos tumani hokim Uchqun Kamolov, tuman sektor rahbarlari, viloyatdagi barcha hududiy aholini bandlikka ko‘maklashish markazlari, vazirlik tasarrufidagi kasb hunarga o‘qitish markazlari hamda «Ishga marhamat» monomarkazi rahbar va xodimlari, hudud aholisi va mehmonlari ishtirok etdi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Dastlab, soha vakillari orasida eng kuchlilar saralab olindi. Xalq saylida milliy sport musobaqalari qizg‘in baxslarga boy o‘tkazildi: kurashda polvonlarning bel olishuvlari, kuchli bilak sohiblarining arqon tortishuvlari, zehni zukko xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat va stol tennisi musobaqalari, shuningdek qadimiy o‘yin turlari hisoblanmish chillak hamda qarabtep o‘yinlarida kuchlilar orasidan g‘oliblar aniqlandi.

Xalq saylida ishtirok etgan san’at vakillari o‘z ijod namunalarini taqdim qildi, soha vakillari tomonidan tayyorlangan sumalak, osh, halim, ko‘k somsa, chuchvara va boshqa bayramona milliy taomlari tayyorlanib, dasturxon yozilib, mehmonlarga — ehtiyojmand oilalarga ulashildi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Bayram tantanalarida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murod Muxammedov so‘zga chiqib, barchani sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olam bilan qizg‘in muborakbod etdi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Tadbir so‘nggida sport musobaqa g‘oliblari hamda milliy taomlar tayyorlagan pazandalar, jamoalar munosib rag‘batlantirildi. Gʻoliblarga qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari hamda faxriy yorliq, tashakkurnomalar va maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish