Aholining, xususan xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash omillaridan biri ularni talab etilayotgan kasb bo’yicha ixtisoslashtirishdir. Bu borada Guliston shahar aholi bandligiga ko`maklashish markazi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Quyida markaz tomonidan 2022-yilning yanvar-fevral oylarida aholi bandligini oshirish, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ishga joylashishiga ko‘maklashish, tadbirkorlikka jalb qilish va o‘zini-o‘zi band qilishni qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat migratsiya va mehnat muhofazasi masalalari borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bilan nisbatan batafsil tanishish mumkin.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Guliston shahri boʼyicha 2022 yilning yanvar-fevral oylari davomida shahar Аholi bandligiga koʼmaklashish markaziga jami 2685 nafar fuqarolar murojaat qilgan. Ularning 1266 nafari ayollar va 771 nafari yoshlarni tashkil etadi. Joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida markaz tomonidan Dasturda belgilangan 242 nafar oʼrniga amalda 244 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ish oʼrinlariga ishga joylashtirildi. Ishga joylashtirish boʼyicha dastur koʼrsatkichlari 100,8%ga bajarildi. Doimiy ish oʼrinlariga ishga joylashganlarning 140 nafarini ayollar va 100 nafarini 16 dan 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar tashkil etdi.

Undan tashqari joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Dasturda belgilangan 102 nafar oʼrniga amalda 306 nafar ishsiz fuqarolar haq toʼlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. Ishsiz fuqarolarni Haq toʼlanadigan jamoat ishlariga jalb etish boʼyicha dastur koʼrsatkichlari 300,0%ga bajarildi. Yanvar-fevral oylari davomida haq toʼlanadigan jamoat ishlarida 211 nafar ayollar va 75 nafar 16 dan 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, hisobot davrida markaz tomonidan Dasturda belgilangan 179 nafar oʼrniga amalda 379 nafar ishsiz fuqarolar turli yoʼnalishlarida kasbga tayyorlash uchun jalb etildi (kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʼyicha dastur koʼrsatkichlari 98.7%ga bajarildi). Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga jalb etilganlarning 287 nafarini ayollar, 181 nafarini 16 dan 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar tashkil etdi.

Maʼqbul keladigan ish topib berishning imkoni boʼlmagan 214 nafar ishsiz fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlangan.Ularning 144 nafari ayollar va 88 nafari yoshlardan iborat (ishsizlik nafaqasi tayinlash boʼyicha dastur koʼrsatkichlari rejadagi 184 kishi oʼrniga amalda 214 kishiga tayinlanib 116,30% ga bajarildi).

«2022 yilning yanvar-fevral oylari davomida shahar bo`yicha 128 nafar ishsiz fuqarolar kvota ish o’rinlariga ishga joylashdilar, — deydi Guliston shahar aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktori Nodir Najmiddinov. — Ularning 67 nafari ayollar va 41 nafari yoshlardan iborat. Kvota ish o’rinlariga ishga joylashganlarning 4 nafarini nogironlar tashkil etdi. Kvota ish o’rinlariga ishga joylashtirish rejasi 88 kishi o’rniga 128 nafar bo’lib 145.5 %ni tashkil etdi».

2022 yilning yanvar-fevral oylari davomida tashkil etilgan yangi ish oʼrinlari toʼgʼrisidagi tezkor maʼlumotlar va Soliq organlaridan olingan taqqoslash maʼlumot- lariga  koʼra Guliston shaxrida 98 ta yangi ish oʼrinlari yaratilganligi ma`lum bo`ldi. Shundan, Yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish yoʼnalishida 53 ta, Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish yoʼnalishida 41 ta va Hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish yoʼnalishida 4 ta yangi ish oʼrinlari tashkil etilgan.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Hisobot davrida 1 nafar ishsiz fuqaroga Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi hisobidan Yengil konstruktsiyali issiqxona oʼrnatish uchun 3,024 mln.soʼm miqdorida subsidiya ajratildi. 2 nafar ishsiz fuqarolarga sug`orish vositalari xarid qilish uchun 5,540 mln.soʼm miqdorida subsidiya ajratildi. Ularning 1 nafarini ayollar (2,770 mln.soʼm) tashkil etdi. 8 nafar ishsiz fuqarolarga urug`lik va ko`chat sotib olish uchun 4,0 mln.soʼm miqdorida subsidiya ajratildi. Ularning 5 nafarini ayollar (2,5 mln.soʼm) tashkil etdi.

Shuningdek, Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi hisobidan tadbirkorligini boshlamoqchi bo’lgan yoshlarning mini-texnologiya va uskunalar xarid qilishi uchun subsidiyalar ajratilmoqda, kredit olishlarida ko’maklashilmoqda.

«3 nafar ishsiz fuqarolarga Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi hisobidan “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun 2,43 mln.soʼm miqdorida subsidiya ajratildi. Ularning 3 nafarini ham ayollar tashkil etdi», — deydi Nodir Najmiddinov. — «2 nafar ishsiz fuqarolarga Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi hisobidan ularga tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun zarur bo`lgan asbob-uskunalar xaridi uchun 9,925 mln.soʼm miqdorida subsidiya ajratildi.Ularning 2 nafarini ayollar (9,925 mln.soʼm) va 1 nafarini 16 dan 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar (3,976 mln.soʼm) tashkil etdi. Jami ajratilgan subsidiyalar 20,919 mln.soʼmni tashkil etdi»

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish