Joriy yilning 24-mart kuni Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, qirq to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiya ishiga Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi raisi tuman hokimi O‘ktamjonov Farrux O‘ktamjonovich raislik qildi. Sessiya kun tartibida 8 ta masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Djonzoqov Ulug‘bek Muraliyevichga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majslisi Senatining 2022 yil 4 fevraldagi SQ-478-IV-son qaroriga asosan hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Quyida ushbu hisobot haqida batafsil maʼlumot berilgan:
Sayxunobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2022 yilda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturining 2022 yil yanvar-fevral oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida (2022 yil 2 oylik yakuni bo‘yicha)
Sayxunobod tumanida 2022 yil yanvar-fevral oylarida tashkil etilgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida 01.03.2022 yil xolatiga quyidagi ishlar amalga oshirildi. Ish o‘rinlari yanvar-fevral reja 86 ta loyixada 86 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 86 ta loyixada 86 ta (100%) ish o‘rni yaratilgan.
Shundan:
Yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish yo‘nalishida reja 35 ta loyixada 35 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 35 ta loyixada 35 ta (100% ) ish o‘rni yaratilgan.
Jumladan:
Sanoat yo‘nalishida reja 5 ta loyixada 5 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 5 ta loyixada 5 ta ish o‘rni yaratildi.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida reja 12 ta loyixada 12 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 12 ta loyixada 12 ta ish o‘rni yaratildi.
Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida reja 18 ta loyixada 18 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 18 ta loyixada 18 ta ish o‘rni yaratildi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida reja 51 ta loyixada 51 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 51 ta loyixada 51 ta (100% ) ish o‘rni yaratilgan.
Joriy yilning 2 oyi sarxisob qilinganda markazga 1593 nafar fuqarolar murojaat etgan.
Ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolar 1423 nafar ishsiz fuqarolar murojaat qildi. Shundan 568 nafarini ayollar tashkil etadi. Yoshlar 443 nafarini tashkil etadi.
205 nafari xalq xo‘jaligining turli soxalariga doimiy ishlarga joylashtirildi. Shundan 106 nafarini ayollar tashkil etadi.
Murojaat etganlarning 747 nafariga Mehnat qonunchiligi, kasbga qayta o‘qitish, boshqa kasb tanlash, kasbini o‘zgartirish, qayta o‘qish, mexnat daftarchasi bilan taʼminlanish, Kam taʼminlangan oilalarga nafaqa tayinlash masalalari bo‘yicha xuquqiy maslaxat berildi.
Ishsizlik maqomi berilganlar 13 nafar fuqaroga ishsizlik maqomi berildi. Ishsizlik maqomi berilganlarning 9 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlangan.
Jumladan: 99 nafar fuqaro qayta kasb tayyorgarligiga yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Nizomini ijrosini taʼminlash maqsadida 2022 yil yanvar-fevral oylarida323 nafar fuqarolar Obodonlashtirish boshqarmasi, tumandagi maxalla fuqarolar yig‘inlari, boshqa ish beruvchilar tomonidan berilgan buyurtmanomalarga asosan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.
2022 yilda Ijtimoiy ximoyaga muxtoj, ish topishda qiynaladigan mexnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarni, shu jumladan, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgiz ota, yolgiz onalarni, ko‘p bolali ota onalarni, nogironlarni xamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar uchun band qilingan 48 ta ish o‘rinlaridan markaz yo‘llanmasi orqali 2022 yil yanvar-fevral oylarida8 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan.
Jumladan:
2 nafar Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilganlar 1 nafar, nogironligi bor fuqarolar 2 nafar,pensiya yoshidagi fuqarolar 1 nafar, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarini tamomlaganlar 1 nafar, 14 yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota onalar 2 nafar fuqarolar ishga joylashtirilgan.
Sayxunobod tumani bo‘yicha jazo muassasalardan ozod etilgan shaxslarni ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida 2 oy davomida jazodan ozod etilgan shaxslar 2 nafarni tashkil etib 1 nafari yo‘llanma orqali ishga joylashtirilib bandligi taʼminlandi va 1 nafari “Yoshlar daftari” ga kiritilib 50sotx yer bilan bandligitaʼminlanlanmoqda.
“Bo‘sh ish o‘rinlari” mexnat yarmarkasining o‘tkazilishi va ishsizlarni ishga joylashtirish to‘g‘risida amalga oshirilgan ishlar.
2022 yil 2 oyi davomida 2 marotaba Bo‘sh ish o‘rinlari mexnat yarmarkasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2022 yilning 2 oyi davomida 2 marotaba Bo‘sh ish o‘rinlari mexnat yarmarkasi o‘tkazildi. O‘tkazilgan yarmarkada tumandan 7 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 365 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada tumandan 142 nafar fuqaro ishtirok etdi, shundan 56 nafari yoshlar, 37 nafarini ayollar, Yarmarkada 26 nafar fuqaroga o‘zlari tanlagan kasbi bo‘yicha ishga joylashtirildi. Kasb xunarga qayta o‘qish istagini bildirgan 99 nafar fuqarolar qayta kasb xunarga o‘qishlariga jalb qilingan. 157 nafar fuqarolarga Mehnat qonunchiligi, kasbga qayta o‘qitish, boshqa kasb tanlash, kasbini o‘zgartirish, qayta o‘qish, mexnat daftarchasi elektron yuritilishi bo‘yicha maslaxatlar berildi.
2022 yilning 2 oyi davomida chet davlatlardan vatanga qaytganlar 129 nafarni tashkil etadi. Ushbu fuqarolar bilan o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayoniga ko‘ra, 2 nafari o‘zlari mustaqil ravishda ishga joylashgan. 115 nafar fuqarolar norasmiy tarzda ish bilan bandligi aniqlangan.
Ulug‘bek Djonzoqov,
Sayxunobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori
Sessiya davomida sessiya ishi qatnashchilari, xususan deputatlar, tashkilot va muassasa rahbarlari kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalari, takliflarini bildirishdi. Sessiya ishi kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va ular yuzasidan bildirilgan takliflar, qo‘shimchalar hisobga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati